Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasida “Xodima ayollar oʻrtasida xizmat intizomiga rioya qilishdagi dolzarb masalalar, muammo va yechimlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Ertangi kunimiz egalari boʻlmish yoshlarni vatanparvarlik, yurtga sadoqat va hurmat ruhida tarbiyalash, vatanni himoya qilish har bir yigit-qizning muqaddas burchi ekanligini anglatish, harbiylik naqadar sharafli va mashaqqatli kasb ekanligini his ettirish maqsadida Milliy gvardiya Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasida navbatdagi ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi.
Jamoat xavfsizligi va obyektlar ishonchli qoʻriqlovini taʼminlashning mutlaqo yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, bu borada "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi xodimlarini kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlash ishlariga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ayni shu maqsadda Milliy gvardiyaning mintaqaviy oʻquv markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, bugungi kunda markazlarda Milliy gvardiya saflariga yangidan qabul qilingan xodimlar oʻqitilmoqda.
Ushbu tashabbus Milliy gvardiya Xorazm viloyati “Qoʻriqlash” boshqarmasi tomonidan amalga oshirildi va yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, shuningdek, ularga jahon va oʻzbek tasviriy sanʼatidagi noyob asarlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratish maqsadida oʻtkazildi.
Xodimlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish hamda boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalarida tantanali tadbirlar boʻlib oʻtdi.
Guliston shahrida joylashgan Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida Guliston harbiy prokuraturasi va Milliy gvardiya bilan hamkorlikda viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasida xizmat qilayotgan xodimlar hamda ularning oila aʼzolari ishtirokida muammolarini oʻrganish hamda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida navbatdagi sayyor qabul boʻlib oʻtdi.
Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida Fargʻona harbiy prokuraturasi hamda viloyat maʼmuriy sudi bilan hamkorlikda 8 dekabr – Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.