Yangiliklar

5 Oktyabr 2024
Batafsil
Harbiy intizom va qonunchilikka rioya etish masalalari doimo har bir xodim uchun ustuvor ahamiyatga ega

Milliy gvardiya Toshkent shahar hamda Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmalari, shuningdek, Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi xodimlari ishtirokida xizmat intizomi va qonunbuzarliklarga murosasiz munosabatni shakllantirish, shuningdek, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalariga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi.

5 Oktyabr 2024
Batafsil
Oʻta muhim va toifalangan obyektlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasining rejasiga muvofiq joriy yilning 2-4 oktabr kunlari vazirlik va tashkilotlarning idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarining xizmatchilari oʻrtasida “Eng ilgʻor boʻlinma” koʻrik tanlovi boʻlib oʻtdi.

Oʻta muhim va toifalangan obyektlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasining rejasiga muvofiq joriy yilning 2-4 oktabr kunlari vazirlik va tashkilotlarning idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarining xizmatchilari oʻrtasida “Eng ilgʻor boʻlinma” koʻrik tanlovi boʻlib oʻtdi.

4 Oktyabr 2024
Batafsil
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning holidan xabar olindi

Milliy gvardiya Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi boshligʻi tomonidan Andijon viloyati Shahrixon tumani "Yangi Maxalla" mahallasida yashovchi oilalarning holati oʻrganildi hamda ularning ehtiyojlari inobatga olindi. Oilalarga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari va 8 bosh xonaki tovuq parrandalari topshirildi.

4 Oktyabr 2024
Batafsil
Xizmat intizomini mustahkamlash masalalari muhokama etildi

Termiz shahrida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida xizmat intizomini mustahkamlash, qonunchilikka rioya etish masalalari yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

3 Oktyabr 2024
Batafsil
Hududlarda “Uch avlod uchrashuvlari” davom etmoqda

Bugungi kunda Milliy gvardiya oʻsib kelayotgan yosh avlodni aqlan yetuk, jismonan baquvvat, hamda vatanparvar insonlar boʻlib ulgʻayishi yoʻlida qator chora-tadbirlarni hayotga tadbiq etib kelmoqda. Bu borada, yoshlar oʻrtasida turli koʻrik-tanlovlar, maʼnaviy-maʼrifiy hamda sport tadbirlarini oʻtkazib kelmoqda.

3 Oktyabr 2024
Batafsil
Mintaqaviy oʻquv markazlarida bitiruvchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirish marosimlari boʻlib oʻtdi

Kuni kecha Milliy gvardiya Mintaqaviy oʻquv markazlarida boshlangʻich tayyorlash oʻquv rejasi va dasturi asosida "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi safdorlar tarkibida xizmat qilayotgan xodimlar harbiy qasamyodga keltirildi. Shuningdek, navbatdagi boshlangʻich tayyorlash oʻquv rejasi va dasturi asosida Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" xizmati harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari xodimlari oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlab, ularga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi. Taʼkidlash joizki, mazkur oʻquv yigʻinlarida xodimlar mutaxassislik va huquqiy bilim asoslari, oʻq otish tayyorgarligi va jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlarini toʻliq oʻzlashtirib, oʻzlarining kasbiy tayyorgarlik yoʻnalishlaridagi bilim va koʻnikmalarini mustahkamladilar.

2 Oktyabr 2024
Batafsil
Andijonda “Harbiy qismda bir kun” loyihasi oʻtkazildi

Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari va Yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi tomonidan “Vatanni himoya qilish – har birimizning burchimizdir" shiori ostida “Harbiy qismda bir kun” loyihasi oʻtkazildi.

1 Oktyabr 2024
Batafsil
1 oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bayrami hududlarda keng nishonlandi

Ustozga ehtirom, barcha zamonlarda, ayniqsa, sharq jamiyatlarida, juda yuqori baholanib kelinmoqda. Bu anʼanalar tarixiy manbalarda oʻziga xos oʻrin tutadi va oʻtgan asrlar davomida jamiyatda muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Soʻnggi yillarda hukumatimiz tomonidan sohalarga va soha vakolatlariga qaratayotgan diqqat, ustozlarning ahamiyatini yanada oshirib, ularga boʻlgan ehtiromni yangicha shaklda namoyon etmoqda.