Surxondaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar hamda "Amudaryo" sogʻlomlashtirish oromgohi oʻgʻil-qizlari uchun tarixiy qadamjolarga sayohat uyushtirildi.
Davlatimiz rahbarimizning "Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Guliston shahrida joylashgan Yoshlar markazida Milliy gvardiya hududiy boshqarmalarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar oʻrtasida mazkur sport boʻyicha Milliy gvardiya birinchiligi oʻtkazildi.
Samarqand viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi psixologlari tomonidan "Qoʻriqlash" tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlarning psixologik bilimlarini oshirish, xizmat faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida muntazam ravishda malakali mutaxassis psixologlar bilan turli mavzularda seminarlar va davra suhbatlari olib borilmoqda.
Mamlakatimizda yoshlar masalasida koʻplab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlar uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish, taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan koʻplab chora-tadbirlarning ilgari surilayotgani hamda ularning ijrosi izchil taʼminlanayotgani bunga yaqqol misoldir.
Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari hamda hamkorlikdagi tashkilotlar bilan birga aholi va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtdi.
Milliy gvardiya Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari ishtirokida tavakkalchilikka asoslangan totalizator, virtual va turli koʻrinishdagi internet oʻyinlarining salbiy oqibatlari hamda shaxsiy tarkib ishtirokida kiberjinoyatlarga qarshi kiberimmunitetni shakllantirishga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.
Mamlakatimizda navqiron avlod salomatligini mustahkamlash, ularning jismoniy, intellektual va maʼnaviy rivojlanishi uchun keng imkoniyat va qulay sharoit yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, oromgohlarda dam olayotgan oʻgʻil-qizlarning yozgi taʼtil vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Qoʻriqlash" xizmati xodimlari tomonidan vatanparvarlik va koʻngilochar tadbirlari, sport musobaqalari oʻtkazilib kelinmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yilligi oldidan “Bir boʻlsak – yagona haqmiz, birlashsak - Vatanmiz” shiori ostida Milliy gvardiya boʻlinmalari harbiy xizmatchi va xodimlari oʻrtasida Oʻzbekiston Funksional koʻpkurash federatsiyasi sport majmuasida musobaqa oʻtkazildi. Undan koʻzlangan maqsad boʻlinmalarda jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlariga “FUNKSIONAL koʻpkurashni” kiritish, harbiy xizmatchilar va xodimlar orasida funksional koʻpkurashni keng targʻib qilish boʻyicha yoʻl xaritasida belgilab berilgan vazifalarni ijrosini taʼminlashdan iborat.