Yangiliklar

12 Aprel 2025

Kitob – beminnat ilm oʻchogʻidir

Kutubxonaga yoki kitobga boʻlgan munosabat nafaqat insonning intellektual jahonga, balki maʼnaviy rivojlanishiga ham katta taʼsir koʻrsatadi. Shunday ekan, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish har bir ijtimoiy tuzilma uchun muhim ahamiyatga ega.
Xodimlar orasida kitobxonlik madaniyatini yanada taraqqiy ettirish va ularni badiiy adabiyotga boʻlgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida, kuni kecha Toshkent va Jizzax viloyatlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash boshqarmalari xodimlari uchun markaziy kutubxonalarga tashriflar tashkil etildi.
Bu tashriflar, albatta, kitobxonlikni ragʻbatlantirish va adabiy merosga boʻlgan hurmatni oshirishga xizmat qildi. Sayohatlar davomida, kutubxonalar mutaxassislari xodimlarga adabiyotning eng sof va yorqin namunalari haqida maʼlumotlar berishdi. Ular jahon adabiyotining durdonalari, oʻzbek klassik adabiyoti, shuningdek, maxsus sohaviy adabiyotlar bilan chuqurroq tanishish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Kutubxonalardagi har bir kitob – oʻzining oʻziga xos ulugʻ va beqaror hikoyasini aytib, oʻzbek va jahon adabiyotining mazmunli va ruhiy boyligini keng tarqatishga xizmat qilmoqda.
Xodimlar oʻzlarining fikr va xulosalarida kitobning hayotning eng olis va qorongʻi yoʻllariga nur baxsh eta oladigan afsonaviy chiroq ekanligini taʼkidladilar. Kitobning insonni maʼnaviy kamolotiga olib borishga va har bir sahifa orqali yangi goʻzallik va bilimlarni achishga qodir ekanligi haqidagi fikrlar alohida ahamiyat kasb etdi. Ular bu tashriflardan ilhom olib, kitoblarning hayotlaridagi ahamiyati va insonni yoʻlga solishdagi rolini yanada chuqurroq tushuna boshladilar.