Yangiliklar

7 Dekabr 2025

Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi mamlakatimiz boʻylab “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” shiori ostida keng nishonlanmoqda. Ushbu sana yurtimizda qonun ustuvorligini mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda jamiyatda adolat va barqarorlikni taʼminlash yoʻlidagi muhim bosqichlardan biri sifatida eʼtirof etiladi.

Mazkur bayram doirasida Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasida ham tantanali tadbir oʻtkazildi. Unda xodimlarga Konstitutsiyaning davlat va jamiyat hayotidagi oʻrni, unda belgilangan demokratik tamoyillar hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari haqida fikr almashdilar.

Tadbirning badiiy qismi sifatida Ichki ishlar vazirligi huzuridagi ashula va raqs ansambli tomonidan bayramona konsert dasturi taqdim etildi. Milliy kuy-qoʻshiqlar va raqslar tadbir ishtirokchilariga koʻtarinki kayfiyat ulashdi va ushbu sana ahamiyatini yanada boyitdi.