“Jasorat” muzeyiga sayohat uyushtirildi
Maʼnaviyat oyligi doirasida Buxoro viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida Ichki ishlar boshqarmasining “Jasorat” tarixiy muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Shaxsiy tarkibining maʼnaviy-maʼrifiy salohiyati, umumiy dunyoqarashi, siyosiy ongi, maʼnaviy qiyofasini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, gʻurur, iftixor, kasbiga nisbatan sadoqat va yuqori masʼuliyat hislarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan ushbu sayohat davomida xodimlar muzey boʻlimlari va tarixiy eksponatlar bilan tanishib, Ichki ishlar xodimlarining maʼnaviy hayoti va tarixiy ahamiyatini aks ettirgan koʻrgazmalardan bahramand boʻldilar.
Muzey mutaxassislari bilan boʻlgan muloqot davomida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.