Yangiliklar

8 Yanvar 2025

"Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtdi

Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi rahbariyati va viloyat IIB bilan hamkorlikda Fargʻona shahrida joylashgan Ekoshahar hududidagi Nurafshon mahallasida aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtdi.
Hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini ishonchli qoʻriqlashni taʼminlashda zamonaviy qoʻriqlash signalizatsiya uskunalaridan foydalanishni targʻib qilish maqsadida oʻtkazilgan profilaktik ishlar davomida fuqarolarga "Qoʻriqlash" xizmati afzalliklaridan foydalanish, sohaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va yaratilayotgan qulayliklar borasida tushunchalar berildi.
Oʻz obyekti yoki xonadonini "Qoʻriqlash" xizmatiga topshirmoqchi boʻlgan fuqarolar oylik toʻlovlar miqdori, texnik vositalarga xizmat koʻrsatish tartiblari haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi. Yakunda oʻz savdo doʻkonlarini qoʻriqqa topshirish istagini bildirgan tadbirkorlar belgilangan tartibda arizalar qabul qilindi.
Bu kabi tadbir Andijon viloyatining Yangi Andijon massivida ham tashkil etildi. Tadbir davomida zamonaviy qoʻriqlash vositalari haqida maʼlumotlar aytilib, kuzatuv kameralari, signalizatsiya tizimlari va boshqa xavfsizlik texnologiyalari boʻyicha aniq tushunchalar berildi. Mutaxassislar tomonidan yuqori sifatli qoʻriqlash texnika vositalari, ayniqsa, hududdagi muhitiga moslashgan axborot texnologiyalari va signalizatsiya tizimlarining foydasi haqida batafsil tushuntirishlar olib borildi.
Tadbirning yana bir muhim qismi bu – aholiga texnika va qurilmalarni toʻgʻri tanlash, ularni samarali foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalar berish boʻldi.
Axborot almashish va oʻzaro muloqot oʻrnatishga keng zamin yaratgan mazkur targʻibot barcha ishtirokchilar uchun foydaliligi bilan ahamiyatli boʻldi.
Bu kabi tadbirlar respublikamizning barcha hududlarida oʻtkazilmoqda.