"Qoʻriqlash" bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari tomonidan saxovatli tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda
Keksalarga gʻamxoʻrlik qilish, ularning xolidan xabar olish xalqimizga xos ezgu qadriyatlardan hisoblanadi. Ayniqsa, yaqinlari va boquvchisi yoʻq nuroniylarni ziyorat qilish, ular duosini olish ham xayrli ham savob ishlardan hisoblanadi.
Bayram munosabati bilan “Qoʻriqlash” bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari keksa otaxonu-onajonlar uchun oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berib, ularning holidan xabar oldi. Albatta, nuroniy keksalarimizga yoʻllangan bir ogʻiz shirin soʻz va eʼtibor ularning koʻnglini bir olam quvonchga toʻldirdi desak mubolagʻa qilmagan boʻlamiz.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari yana bir xayrli ishga koʻl urdi. Jumladan, tizimda fidokorona mehnat qilib, oʻz xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolari hamda sohada uzoq yillar sadoqat bilan xizmat qilib, bugungi kunda nafaqada boʻlgan xodimlarning uylariga tashrif buyurishib, holidan xabar olindi. Vatanimiz tinchligi va farovonligi yoʻlida xizmat qilgan xodimlarning farzandlariga, ota-onalariga juda katta minnatdorchilik bildirishdi. Halok boʻlgan xodimlarning xotirasi yana bir bor yodga olindi. Yakunda esa bayram bilan chin qalbdan muborakbod etib, oziq-ovqat mahsulotlari va esdalik sovgʻalarni topshirishdi.