Yangiliklar

8 Aprel 2025

XODIMLAR UCHUN XUDOYORXON SAROYIGA SAYOHAT TASHKIL ETILDI

Qoʻriqlash xizmati xodimlarini mavjud tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishtirish hamda ularning dam olish kunlarini maroqli oʻtkazishlarini taʼminlash maqsadida keng qamrovli ishlar muntazam ravishda olib borilmoqda.
Xususan, maʼnaviyat oyligi doirasida Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi Qoʻqon shahar Qoʻriqlash boʻlimi xodimlari uchun tarixiy obidalarga sayohat tashkillashtirildi.
Mazkur sayohat davomida xodimalar Qoʻqon shahrida oʻzining boy tarixiy va madaniy merosiga ega boʻlgan, Xudoyorxon oʻrdasiga tashrif buyurishdi.
Oradan qancha asrlar oʻtsa hamki mazkur tarixiy yodgorlik hali hanuz odamlarni oʻziga ohangrabodek jalb qilib kelmoqda. Tashrif davomida xodimlarga mutaxassislar tomonidan Oʻrda tarixi, uning uning jahon tarixida tutgan oʻrni, meʼmorchiligi, Qoʻqon xonligi davridagi asori-atiqalar bilan yaqindan tanishtirib chiqildi
Ushbu sayohat davomida xodimlar tarixiy yodgorlik haqida maʼlumot olish bilan birga madaniy hordiq ham olishib bir olam taassurotlar bilan qaytishdi.