Yangiliklar

12 Dekabr 2025

Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari hamda Davlatobod tumani “Yangi Oʻzbekiston – yoshlar ziyo maskani” axborot-kutubxona markazi mutaxassislari hamkorligida “Biz xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka va tazyiqqa qarshimiz” hamda “Inson huquqlarini himoya qilish” mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Davra suhbatida mavzuga doir qator masalalar, jumladan, xotin-qizlar daxlsizligi, oilaviy zoʻravonlikka qarshi kurashish, huquqiy yordamga murojaat qilish mexanizmlari, zoʻravonlik holatlarida davlat organlari tomonidan koʻrsatiladigan himoya choralari batafsil yoritib berildi.

Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan ishtirokchilarga amaldagi qonunchilik normalari, zoʻravonlikni barvaqt oldini olish usullari hamda profilaktik chora-tadbirlar haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, voqealarga befarq boʻlmaslik, jabrlanuvchilarga oʻz vaqtida yordam koʻrsatish, ularni huquqiy va psixologik qoʻllab-quvvatlash muhimligi alohida taʼkidlandi.