TEATR – MAʼNAVIYAT OʻCHOGʻI
Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari va ularning oila aʼzolari madaniy xordiq chiqarish hamda boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida viloyat musiqali drama teatriga tashrif buyurishdi. Ular bu yerda mashhur yozuvchi Chingiz Aytmatovning “Jamila” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyishini tomosha qilishdi.
Asarda inson tuygʻulari, muhabbat va iffat, insoniy fazilatlar chuqur yoritilib, sahnada hayotning oʻzi namoyon boʻldi. Spektakl tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Bunday madaniy tadbirlar xodimlar maʼnaviyatini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish va oilaviy muhitni mustahkamlashda muhim oʻrin tutadi. Zero, teatr — jamiyat maʼnaviyatining oynasidir.