Fargʻonada “Mening armiyam – mening faxrim!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazildi
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalasidir. Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi, "Qoʻriqlash" boshqarmasi va Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlari hamda maktab oʻquvchilari ishtirokida “Mening armiyam – mening faxrim” mavzusida eng yaxshi tasviriy sanʼat asarlari koʻrik tanlovi va "Mental arifmetika" boʻyicha ochiq chempionat hamda ochiq eshiklar kuni tadbirlari boʻlib oʻtdi. Dastlab yoshlarga, boshqarma boshligʻi tomonidan Milliy gvardiya faoliyati va tarixi haqida maʼlumot berildi va yoshlar yurtimiz kelajagi ekanligi taʼkidlandi.
Shundan soʻng ular xodimlarning yashash sharoitlari va harbiy qismda mavjud zamonaviy texnika hamda oʻquv qurollari bilan tanishdi. Yosh askarlar tomonidan saf chiqishlarini oʻquvchi yoshlar oʻzgacha qiziqish bilan tomosha qilishdi. Kamondan otish sporti boʻyicha oʻquvchilarga qiziqarli mashgʻulot tashkillashtirilganligi ularda bugungi kun yuzasidan yanada katta taassurot qoldirdi.
Yakunda oʻtkazilgan tanlovlarda gʻolib boʻlgan yoshlar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.