Yangiliklar

29 Dekabr 2024

YANGI YIL ARAFASIDA XODIMLAR VA ULARNING OILA AʼZOLARIGA BAYRAM KAYFIYATI ULASHILDI

Yangi yil arafasida "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan hududlarda bir qator saxovat tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda. Jumladan, "Qoʻriqlash" xizmati masʼullari tomonidan tizimda fidokorona mehnat qilib, oʻz xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolari hamda sohada uzoq yillar sadoqat bilan xizmat qilib, bugungi kunda nafaqada boʻlgan xodimlarning uylariga tashrif buyurishib holidan xabar olindi. Vatanimiz tinchligi va farovonligi yoʻlida xizmat qilgan xodimlarning farzandlariga, ota-onalariga juda katta minnatdorchilik bildirishdi. Halok boʻlgan xodimlarning xotirasi yana bir bor yodga olindi shu bilan birga xizmat vaqtidagi xotiralar xotirlandi.
Shuningdek, Milliy gvardiya xodimlari imkoniyati cheklangan bolalar uylariga qorbobo va qorqiz ishtirokida tashrif buyurib, oʻgʻil-qizlarni va ularning oila aʼzolarini kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etishdi hamda oziq ovqat mahsulotlari va esdalik sovgʻalarni topshirishdi.