Yangi yil bayrami arafasida Xorazm viloyatida xodimlar va ularning oila aʼzolari uchun arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi
Bugun Xorazm viloyati Qoʻriqlash xizmati xodimlari hamda ularning oila aʼzolari uchun yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami oldidan savdo yarmarkasi tashkil etildi.
Tashkillashtirilgan savdo yarmarkasi yurtimiz tinchligi, fuqarolar xotirjamligi, mamlakatimiz daxlsizligini taʼminlab kelayotgan soha xodimlari uchun qulay boʻldi.
Yarmarka, fermer xoʻjaliklari va tadbirkorlar tomonidan sifatli oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, meva va sabzavotlar, ichimliklar va boshqa isteʼmol tovarlari bilan arzon narxlarda toʻldirildi. Yarmarkaga barcha shaxsiy tarkib va ularning oila aʼzolari ishtirok etib, yangi yil dasturxoni uchun turli noz-neʼmatlarni xarid qildilar.
Amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar xodimlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga, xonadonlarida yangi yilni oʻzgacha zavq-shavq bilan kutib olishga xizmat qildi.