Yangiliklar

13 Yanvar 2026

Toshkent viloyati Qoʻriqlash xizmatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga qilgan navbatdagi Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini keng tushuntirishga bagʻishlangan maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

Toshkent viloyati Qoʻriqlash xizmatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga qilgan navbatdagi Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini keng tushuntirishga bagʻishlangan maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Prezident Murojaatnomasida soʻz yuritilgan islohotlarning real natijalari, soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan keng koʻlamli oʻzgarishlarning xalqimiz hayotidagi amaliy aks-sadosi, shuningdek, kelgusi davr uchun belgilangan ustuvor vazifalar aniq fakt va raqamlar asosida atroflicha tahlil qilindi.

Jumladan, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, huquq-tartibot organlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholining xavfsizligini taʼminlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, iqtisodiy barqarorlik va inson qadrini ulugʻlash borasida olib borilayotgan islohotlar Murojaatnomaning asosiy yoʻnalishlari sifatida qayd etildi.

Uchrashuv davomida Qoʻriqlash xizmati xodimlari Murojaatnomada belgilangan vazifalar ularning kundalik xizmat faoliyati bilan bevosita bogʻliq ekani, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlashda masʼuliyat yanada oshirilayotganini alohida taʼkidladilar.