Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan maʼmuriy huquqbuzarliklarni rasmiylashtirish, bayonnoma tuzish hamda qaror chiqarish tartibi yuzasidan oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.

Dastlab, tadbir qatnashchilarga qonunchilikdagi yangiliklar hamda normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Shundan soʻng ishtirokchilarda maʼmuriy huquqbuzarliklarni rasmiylashtirish jarayonini huquqiy meʼyorlarga muvofiq amalga oshirish, bayonnoma tuzish va qaror chiqarish vaqtida qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etish, shaffoflik va xolislikni taʼminlash boʻyicha zarur koʻnikmalar shakllantirildi.
Oʻquv mashgʻulot davomida mazkur jarayondagi asosiy qoidalar, amaliyotda uchrashi mumkin boʻlgan holatlar hamda ularni huquqiy jihatdan toʻgʻri rasmiylashtirish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Yakunda esa xodimlarning savollariga atroflicha javoblar berilib, amaliy tavsiyalar taqdim etildi.