Yangiliklar

4 Yanvar 2025

Milliy gvardiya Buxoro viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida faxriylar ishtirokida uch avlod uchrashuvi oʻtkazildi

Ushbu tadbirda avlodlar oʻrtasida tajriba almashish, oʻtgan yillarda erishilgan yutuqlarni eslab oʻtish va kelajakdagi maqsadlar haqida suhbatlar olib borildi. Milliy gvardiya faxriylari oʻzining boy xizmat tajribasini yosh avlod bilan boʻlishib, ularni kelajakdagi xizmatga tayyorlash, tarbiyalash masalalarini muhokama qilindi. Shu bilan birga, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va Milliy gvardiyaning rivojlanishiga hissa qoʻshish borasidagi rejalari haqida soʻz yuritildi.
Bayramona ruhda oʻtkazilgan tadbir davomida faxriylarga esdalik koʻkrak nishonlari topshirildi. Tadbir yakunida "Qoʻriqlash" boshqarmasi Shon-sharaf muzeyiga sayohat uyushtirilib, faxriylar muzey eksponatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Bu kabi uchrashuvlar oʻtkazish, harbiy xizmatni sharafli bajarish va avlodlar oʻrtasida yuksak oʻzaro hurmatni taʼminlashga xizmat qiladi.