O‘tkazilgan tadbirlar davomida Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Farg‘ona, Xorazm, Jizzax, Andijon va Navoiy viloyatlari "Qo‘riqlash" boshqarmalari xizmatni tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘limi mas’ullari, joylardagi maktablar rahbarlari, hokimiyat vakillari hamda idoraviy qorovullik bo‘linmalari qorovullari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent harbiy sudi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida tinglovchilar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Milliy gvardiya "Qo‘riqlash" bosh boshqarmasi tizimlarida xizmat qilib kelayotgan xodimlarning ma’naviy va dunyoviy bilimlarini oshirish maqsadida hududlarda bir qator tadbirlar, o‘quv seminarlar o‘tkazib kelinmoqda.
Namangan viloyat To‘raqo‘rg‘on tumanidagi " Ishoqxon Ibrat" majmuasida "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi. 100 nafardan ko‘proq yigit-qizlar ishtirok etgan festivalda shaxmat-shashka va boshqa sport turi bo‘yicha musobaqalar, "Zakovat" intellektual o‘yini, kasblar tanlovi hamda kamondan otish sport turi bo‘yicha mahorat darslari tashkil etilib, ertamiz egalarining mahorati sinovdan o‘tkazildi.
Milliy gvardiya Samarqand viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi hamda shahar va tuman "Qo‘riqlash" bo‘limlari tomonidan xizmat afzalliklari yuzasidan muntazam ravishda targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Fuqarolarning farovon turmush kechirishi, osoyishtaligi ko‘p jihatdan yurt tinchligi va uning barqarorligi bilan o‘lchanadi. Bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘z vazifalarini sidqi dildan, bekamu-ko‘st bajarishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi muhim.
Kuni kecha Qashqadaryo viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi, Qarshi harbiy prokuraturasi mas’ullari tomonidan shaxsiy tarkib ishtirokida joriy yil besh oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, xizmatda qonuniylikni mustahkamlash va intizom holatlari kuchaytirish maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
SHAXSGA QARATILGAN KIBЕRHUJUMLARDAN HUSHYOR BO‘LAYLIK