TINCHLIK – BARCHA EZGU QADRIYATLAR DЕBOCHASIDIR
Joriy yilning 26 oktyabr kuni Sharqiy harbiy okrugiga qarashli dala poligonida Fargʼona viloyati Milliy gvardiya tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar hamda xodimlar oʼrtasida sportning “funktsional koʼpkurash” turi boʼyicha musobaqaning viloyat bosqichi oʼtkazildi. Ishtirokchilar maxsus tayyorlangan toʼsiqli yoʼlakdan oʼtish boʼyicha gʼoliblik uchun kurashdilar. Yakuniy natijalarga koʼra, 3-oʼrinni Fargʼona shahar bataloni jamoasi egallagan boʼlsa, 2-oʼrin Qoʼriqlash boshqarmasi jamoasiga nasib etdi. Faxrli 1- oʼrinni hamda Respublika bosqichiga yoʼllanmani Qoʼqon shahridagi harbiy qism jamoasi qoʼlga kiritdi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari M.J.G‘aniyev boshchiligidagi delegatsiya Belarus Respublikasining Minsk shahriga tashrif buyurdi. Delegatsiyani Belarus Respublikasi IIV Qo‘riqlash departamenti boshlig‘i polkovnik A.Shepelev kutib oldi.Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – tizimda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘riqlash faoliyati sohasida ilg‘or innovatsion texnologiyalardan foydalanish, o‘zara tajriba almashishdan iboratdir.Rasmiy uchrashuv doirasida, yangi qo‘riqlov jihozlarini ishlab chiqarish faoliyatini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish borasidagi ishlar atroflicha muhokama etildi.
Yurtimizda jamoat xavfsizligi, uy-joy va mol-mulk daxlsizligi, fuqarolar xotirjamligini ta’minlash yo‘nalishida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi samarali faoliyat olib bormoqda. Xorij tajribasi asosida qo‘riqlash sohasida yangi texnologiya va mexanizmlar amaliyotga keng tadbiq etilmoqda. Mazkur yo‘nalishda esa qator xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalari olib borilmoqda.Kuni kecha, Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qo‘riqlash departamenti boshlig‘i polkovnik Shepelev Aleksandr Svyatoslavovich boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi.O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasida har ikki mamlakat vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va Belarus Respublikasi Qo‘riqlash departamenti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik Asilbek Eshqobulov boshchiligidagi ishchi guruh va kinolog-mutaxassislar Qo‘riqlash departamentining xizmat faoliyati, moddiy texnik bazasi va Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va Qo‘riqlash departamenti o‘rtasidagi istiqbolli rejalar muhokama qilindi.