Jizzax viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida xizmat va ijro intizomiga rioya qilish yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar masʼullari ishtirokida muhokama yigʻilishi oʻtkazildi.
Xodimlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularni badiiy adabiyotga koʻproq yoʻnaltirish maqsadida kuni kecha Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari uchun Fargʻona shahrida joylashgan zamonaviy Ahmad Fargʻoniy nomidagi axborot-kutubxona markaziga tashrif tashkil etildi.
Hozirgi kunda xodimlarning professional mahorati va ruhiy barqarorligi yuqori samaradorlikka erishishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda, Xorazm viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga koʻmaklashish uchun psixologik bilimlarni oshirishga qaratilgan maxsus trening mashgʻulotlari tashkil etildi.
Bayram tadbirlari davomida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida hamkorlikdagi faoliyat olib borilmoqda
Qoʻriqdagi obyektlarda ishlayotgan ishchi xizmatchilar ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi
Shaxsiy tarkibning tibbiyot sohasidagi bilimlari mustahkamlanmoqda
Respublikamiz boʻylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahallalar, koʻp qavatli uylar hamda markaziy koʻchalar atrofiga turli koʻchatlar ekilmoqda hamda ularning parvarishi taʼminlanmoqda. Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash Departamenti masʼullari tomonidan ham belgilangan hududlarda ushbu jarayon uzluksiz tashkil etilmoqda.
Muzeylar — tarixning sirli xilqatlarini oʻzida mujassam etgan holda xalqlar madaniyatini, qadriyatlarini tarannum etuvchi maskan va davlatlarni bir-birlariga yaqinlashtiruvchi koʻprik hisoblanadi. Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash Departamenti xodimlarini oʻz tarixiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda ajdodlar qoldirgan boy madaniy merosni asrab avaylash tuygʻularini shakllantirish maqsadida muzeylarga sayohatlar tashkil etilmoqda.