Yangiliklar

7 Noyabr 2024
Batafsil
Hamkorlik va taʼlim!

Kuni kecha Milliy gvardiya Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari uchun huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida uchrashuv tashkil etildi. Ushbu tadbirning maqsadi shaxsiy tarkibning xizmat intizomini mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, Yoʻl harakati qoidalariga amal qilish boʻyicha xabardorlikni oshirishdan iborat boʻldi.

6 Noyabr 2024
Batafsil
Idoraviy qorovullik boʻlinmalari ishchi-xizmatchilarining malakasini oshirishga bagʻishlangan oʻquv-seminarlar davom etmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorligida taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan idoraviy qorovullik boʻlinmalari ishchi-xizmatchilarining malakasini oshirish maqsadida oʻquv-seminari oʻtkazib kelinmoqda. Mazkur oʻquv-seminarida mutaxassislar, xizmat hujjatlarini tegishli buyruq talablari asosida yuritish hamda belgilangan tartibda xizmat vazifalarini olib borishlari boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtmoqda. Amaliy mashgʻulotlar davomida esa tinglovchilar, muassasaga kirib keluvchilarni ichkariga kiritish, qoʻriqlash texnik va himoya vositalaridan toʻgʻri foydalanish hamda tez tibbiy yordam koʻrsatish yuzasidan bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishmoqda.

5 Noyabr 2024
Batafsil
Milliy gvardiya Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar jadal bilan olib borilmoqda

Xabaringiz bor, respublikamiz boʻylab “Yashil makon” loyihasining kuzgi mavsumiga start berilib, hududlarda koʻchat ekish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

4 Noyabr 2024
Batafsil
Milliy gvardiya tizimidagi inspektor-psixologlar hamda yangi tizimdagi maktab qorovullarining xizmat faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻquv-seminariga bugundan start berildi

Milliy gvardiya tizimidagi inspektor-psixologlar hamda yangi tizimdagi maktab qorovullarining xizmat faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻquv-seminariga bugundan start berildi.

4 Noyabr 2024
Batafsil
Maktab oʻquvchilari uchun navbatdagi ochiq eshiklar kuni uyushtirildi

Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ular orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mintaqaviy oʻquv markazida Nukus shahridagi 50-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari uchun ochiq eshiklar kuni uyushtirildi.

3 Noyabr 2024
Batafsil
Samarqand shahridagi Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi

Milliy gvardiya Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan harbiy xizmatchi, xodimlar va ularning oila aʼzolarining dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Samarqand shahridagi Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi.

2 Noyabr 2024
Batafsil
Joriy yilning 3 choragi yakunlari boʻyicha hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Milliy gvardiya Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi, Samarqand harbiy prokuraturasi hamda DXX masʼullari hamkorligida joriy yilning 3 choragi yakunlari boʻyicha hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

2 Noyabr 2024
Batafsil
Namanganda “Milliy gvardiya yoshlar bilan hamnafas” shiori ostida yoshlar sayli tashkil etildi

Milliy gvardiya Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi va "Qoʻriqlash" boshqarmasi tashabbusi bilan Namangan tumani Olaxamak mahallasida joylashgan Kasb-hunarga oʻqitish markazida “Milliy gvardiya yoshlar bilan hamnafas” shiori ostida yoshlar uchun maxsus sayl tashkil etildi. Ushbu tadbirda "Qoʻriqlash" boshqarmasi rahbariyati, viloyat harbiy prokurori va viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi hamda tuman sektor rahbarlari ishtirok etib, yoshlarga oʻzlarining samimiy tilaklarini bildirishdi.