Yangiliklar

24 Avgust 2024
Batafsil
Milliy gvardiya Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari "Men donorman" shiori ostidagi xayriya qon topshirish aksiyasida qatnashishdi

Bemor qalblarga yordam koʻrsatish maqsadida ishtirok etayotgan xodimlar bu kabi tadbirlarda mana necha yildirki muntazam ravishda oʻzining beminnat xizmatlarini koʻrsatib kelishmoqda.

24 Avgust 2024
Batafsil
Hashar – qadriyatlarimiz koʻzgusi

Uy-joylar, koʻchayu hovlilarini, ishxonalar atrofini ozoda, saranjom holatda saqlash xalqimizning azaliy qadriyatlaridan sanaladi.

23 Avgust 2024
Batafsil
Qarshi shahrida Milliy gvardiya boʻlinmalari oʻrtasida sportning qoʻl jangi turi boʻyicha Milliy gvardiya birinchiligi uchun musobaqalar yakunlandi.

7 vazn toifasida 20 jamoa oʻz imkoniyatlarini sinab koʻrishdi va gʻoliblik uchun kurashdi. Sportchilar tomonidan murosasiz oʻtgan janglar mobaynida oʻz mahoratlarini namoyon eta olgan kuchli ishtirokchilar esa musobaqaning final bosqichiga yetib kelishdi.

23 Avgust 2024
Batafsil
Taʼlim muassasalarida xavfsizlikni taʼminlash borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan bir qancha mavzular boʻyicha davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda

Milliy gvardiya Jizzax viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda Maktabgacha va maktab talimi boshqarmasi bilan hamkorlikda taʼlim muassasalarida xavfsizlikni taʼminlash borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan bir qancha mavzular boʻyicha davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda.

22 Avgust 2024
Batafsil
Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy oʻquv markazida “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi

Yosh xodimlarni Vatanga muhabbat, xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli va Vatan taqdiri, yurt tinchligi va himoyasi yoʻlida bor salohiyati bilan masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir etib tarbiyalash, bu borada zaruriy tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi hamda tinglovchilari oʻrtasida “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi.

22 Avgust 2024
Batafsil
“Mustaqilligimizning 33 yilligini yuksak jangovar shaylik va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlikdagi yuqori natijalar va mustahkam intizom bilan kutib olamiz” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

Milliy gvardiya Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasining Urganch shahar "Qoʻriqlash" boʻlimida davlat mustaqilligining qoʻlga kiritilishi, mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi va mavzuga doir boshqa masalalar yuzasidan mutaxassislar ishtirokida oʻtkazilgan tadbir muhim ahamiyatga kasb etdi.

21 Avgust 2024
Batafsil
Samarqand va Fargʻona viloyatlarida "Vatanim ranglar jilosida" rasmlar tanlovi oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Fargʻona hamda Samarqand viloyatlari "Qoʻriqlash" boshqarmalarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari oʻrtasida "Vatanim ranglar jilosida" mavzusida rasmlar koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.

21 Avgust 2024
Batafsil
Milliy gvardiya Mintaqaviy oʻquv markazlarida tinglovchilarning bitiruv va qasamyod qabul qilish marosimlari boʻlib oʻtdi

Kuni kecha Milliy gvardiya Mintaqaviy oʻquv markazlarida boshlangʻich tayyorlash hamda malaka oshirish oʻquv yigʻinlarini bitirgan, "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari safdorlar tarkibida xizmat qilayotgan xodimlarining bitiruv va qasamyod qabul qilish marosimlari boʻlib oʻtdi.