Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Samarqand viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlarida xizmat qilayotgan xodimlar hamda ularning oila aʼzolari oʻrtasida «Yangi Oʻzbekistonning ibratli xodimlar oilasi» koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi.
Mamlakatimizda shaxs, jamiyat va davlatga tegishli obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarni mol-mulklarini ishonchli qӯriqlashni takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida xodimlarning kasbiy mahoratlari oshirilib kelinmoqda.
Kuni kecha “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari ishtirokida kiberjinoyatlarning oldini olish boʻyicha navbatdagi targʻibot-tashviqot tadbirlari tashkil etildi.
Shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, qonun buzilishi holatlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, turli xildagi koʻngilsiz holatlar sodir etilishining oldini olish borasidagi ishlar hamda Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida Fargʻona va Namangan viloyatlari "Qoʻriqlash" boshqarmalarida profilaktik uchrashuvlar tashkil etildi.
Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumanida joylashgan "Nanay" bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida dam oluvchi yoshlar uchun Milliy gvardiya Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan "Yoshlar bilan bir kun" shiori ostida sport, madaniy-maʼrifiy va vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazildi.
Milliy gvardiya tizimlarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ijodkor va kitobsevarlar xodimlarni qoʻllab quvvatlash hamda "Qoʻriqlash" xizmati saflarida faol kitobxonlar safini kengaytirish maqsadida doimiy ravishda adabiy kechalar, yozuvchi-olimlar bilan uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.
Bugungi kunda yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni ona-Vatanga sadoqatli, barkamol avlod qilib tarbiyalash uchun bir qator salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida boʻlib oʻtgan tadbirda Milliy gvardiya Markaziy devoni, "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi, Markaziy hamda Ipoteka banklarining mutaxassis xodimlari tomonidan kiberjinoyatlchiikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mamlakatimizda ushbu yoʻnalishda erishilayotgan yutuqlar haqida toʻxtalib oʻtildi.