Milliy gvardiya Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibining maʼnaviy-maʼrifiy salohiyati, siyosiy ongi, maʼnaviy qiyofasini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, gʻurur, iftixor, kasbiga nisbatan sadoqat va yuqori masʼuliyat hislarini mustahkamlash maqsadida Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasida tashil etilgan muzeyga sayohat tashkil qilindi.
Shaxsiy tarkibni davlatimizdagi olib borilayotgan islohotlar hamda istiqboldagi rejalar bilan yaqindan tanishtirish, ularning huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida Urganch Ranch texnologiya universiteti mutaxassis oʻqituvchilari ishtirokida seminar mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.
Mamlakatimizda yoshlarga gʻamxoʻrlik qilish, ular kelajakda komil inson boʻlib voyaga yetishi va yurt taraqqiyoti yoʻlida oʻz imkoniyati va salohiyatini ishga solishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.
Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida, boshqarma sohaviy xizmatlar boshliqlari hamda shahar-tuman "Qoʻriqlash" boʻlimlari masʼul xodimlari ishtirokida oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar va yil yakuniga qadar qilinishi lozim boʻlgan asosiy vazifalar yuzasidan hisobot yigʻilishi oʻtkazildi.
Respublikamiz boʻylab oʻgʻirlik va boshqa turdagi huquqbuzarliklarni oldini olishda "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasining xizmat turlari asosiy omil boʻlib xizmat qilmoqda. Bu borada hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini ishonchli qoʻriqlashni taʼminlashda zamonaviy qoʻriqlash signalizatsiya uskunalaridan foydalanishni targʻib qilish maqsadida oʻtkazilgan targʻibot tadbirlari davomida fuqarolarga "Qoʻriqlash" xizmati turlari afzalliklaridan foydalanish, sohaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va yaratilayotgan qulayliklar borasida tushunchalar berilmoqda.
Kuni kecha Milliy gvardiyaning mintaqaviy oʻquv markazlarida boshlangʻich tayyorlash oʻquv rejasi va dasturi asosida "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi safdorlar tarkibida xizmat qilayotgan xodimlar harbiy qasamyodga keltirilib, ularga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi.
Ayni kunlarda butun respublikamiz boʻylab oʻquvchi yoshlarning yozgi taʼtil vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularning jismoniy va aqliy salohiyatlarini oshirish, bolajonlarga yaxshi kayfiyat ulashish maqsadida masʼul tashkilotlar tomonidan vatanparvarlik, sport hamda koʻngilochar tadbirlari davom etmoqda.
Bugungi kunda sohada xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat intizomiga amal qilishlari, qonunchilikka rioya etishlari, fuqarolar bilan xushmuomala boʻlishlari yuzasidan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kuni kecha Navoiy viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida Harbiy prokuratura xodimlari ishtirokida mazkur yoʻnalishlar boʻyicha uchrashuv tashkil etildi.