Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Qarorining ijrosini taʼminlash borasida respublikamizning barcha hududlarida manzilli ishlarni olib borilmoqda.
Shu kunlarda respublikamizning barcha hududlarida qator harbiy-vatanparvarlik, koʻngilochar va sport tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda. Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasida ham, tizimda xizmat olib borayotgan harbiylar va "Qoʻriqlash" xizmati xodimlarining oila aʼzolari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Yoʻllarda harakatlanish madaniyatini yanada oshirish hamda Yoʻl harakati qoidalariga kiritilgan soʻnggi oʻzgartirish va qoʻshimchalardan xabardor qilish maqsadida seminar mashgʻuloti oʻtkazildi
Xalq bilan muloqot muammolarni oʻrganish va tezkor hal etish muhim omillardan biridir.Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonligi, Harbiy prokuratura, Mudofaa hamda Favqulodda vaziyatlar vazirliklari va boshqa idoralar masʼullari hamkorlikda Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumanida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.
Ertamiz egalari boʻlgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ayniqsa harbiy-vatanparvarlik ruhini ularning qalbida yuksaltirish, maʼnaviy barkamol, aqlan yetuk, jismonan sogʻlom boʻlib voyaga yetishlarini taʼminlash borasidagi ishlar doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent mintaqaviy oʻquv markazida yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni tadbiri oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Sirdaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan xodimlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy-huquqiy himoyasini taʼminlashga qaratilgan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
"Oʻzbekistonda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan munosabati" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi
Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda harbiy-vatanparvarlik hamda sport tadbirlari oʻtkazilmoqda.Kuni kecha Andijon shahridagi Prezident maktabida Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi va "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda "Xalq va armiya – bir tanu, bir jon" shiori ostida vatanparvarlik tadbir boʻlib oʻtdi.