Bayram munosabati bilan Milliy gvardiya Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda boshqa hamkor idoralar bilan birgalikda viloyatning Qoʻrgʻontepa tumanida joylashgan nogironligi boʻlgan bolalar uchun “Muruvvat” internat uyida “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostidagi bayram tadbiri tashkil etildi.
Bugun Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalarida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati shaxsiy tarkib ishtirokida videokonferensaloqa tarzida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda ish unumdorligini oshirish, xizmat samaradorligini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga tezkorlik bilan javob berish "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi tizimi xodimlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Oldin xabar berganimizdek, bugungi kunda maktablarda xavfsizlikni taʼminlash, maktab qorovullarining bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari bilan hamkorlikda idoraviy qorovullik boʻlinmalari xodimlari ishtirokida tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvlar davomida maktab qorovullarining asosiy vazifalari, xizmat intizomiga qatʼiy amal qilish, fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlish, xizmatga taalluqli boʻlmagan ishlarga aralashmaslik xususida batafsil toʻxtalib oʻtildi.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan "Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz" shiori ortida Milliy gvardiya Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari ishtirokida viloyatning Davlatobod tumani Yuksalish koʻchasi boʻylab yugurish marafoni boʻlib oʻtdi.
Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari, shuningdek Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari bilan hamkorlikda respublikamiz boʻylab "Xavfsiz maktab" tamoyili asosida taʼlim muassasalarining xavfsizligini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.
Mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini takomillashtirish va amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli taʼminlash maqsadida "Oʻzbekiston – 2030" strategiyasi tasdiqlangan.
Dastlab, maktablarda faoliyat olib borayotgan qorovul shaxsiy tarkibi bilan yangi oʻquv yilida amalga oshirilishi koʻzda tutilgan ishlar muhokama qilindi.