Yangiliklar

8 Yanvar 2026

Kitobxonlik – maʼnaviy yuksalish omili

Namangan shahar Qoʻriqlash xizmati hamda “Yangi Oʻzbekiston – yoshlar ziyo maskani” axborot-kutubxona markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda xodimlar oʻrtasida kitobxonlik tadbiri tashkil etildi. Ushbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbirning asosiy maqsadi buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng oʻrganish, kitob oʻqish madaniyatini yuksaltirish hamda xodimlar maʼnaviy dunyoqarashini boyitishdan iborat boʻldi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga yurtimiz tarixida oʻchmas iz qoldirgan allomalarning hayoti va ilmiy-maʼrifiy faoliyati, shuningdek, mashhur adib va mutafakkirlar asarlarining ahamiyati haqida atroflicha maʼlumotlar berildi. Kitoblar koʻrgazmasi tashkil etilib, tavsiya etilgan adabiyotlar mazmuni yuzasidan qizgʻin muloqot va fikr almashuvlar oʻtkazildi.