Yangiliklar

29 Dekabr 2025

Xodimlarning bayram kayfiyatini koʻtarish, Yangi yil bayrami dasturxonini turli arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida Buxoro hamda Fargʻona viloyatlari Qoʻriqlash xizmatlari tomonidan xodimlar uchun bayram oldi arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi

Yangi yilga ham sanoqli kunlar qoldi. Shu sababdan barcha bayram dasturxoni uchun noz-neʼmatlarni qayerdan arzonroq xarid qilishni oʻylashi tabiiy hol, albatta.

Ayni shu maqsadda xodimlarning bayram kayfiyatini koʻtarish, Yangi yil bayrami dasturxonini turli arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida Buxoro hamda Fargʻona viloyatlari Qoʻriqlash xizmatlari tomonidan xodimlar uchun bayram oldi arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur yarmarkada hududiy taʼminot korxonalari hamda dehqon va fermer xoʻjaliklari tomonidan yetishtirilgan qoramol goʻshti va goʻsht mahsulotlari, baliq, tuxum, kartoshka, sabzi, piyoz, oʻsimlik va paxta yogʻi, turli xil mevalar, un mahsulotlari hamda birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari bozor narxidan arzon narxlarda taqdim etildi.

Albatta, ushbu tadbirlar xodimlarning bayram kunlarida kuchaytirilgan xizmat va navbatchilikda boʻlishlarini inobatga olgan holda, ularga yanada qulaylik yaratish maqsadida oʻtkazilmoqda.