Yangiliklar

17 Dekabr 2025

Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi hamda kutubxonaga tashrif buyurildi

Bugungi kunda xodimlarning dunyoqarashini yanada kengaytirish, aqliy salohiyati hamda tarixiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida qator amalga oshirilmoqda.

Xususan, Navoiy shahar Qoʻriqlash boʻlimi xodimlari bilan Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyiga sayohat tashkil etildi. Mazkur tadbir davomida xodimlar muzeydagi tarixiy eksponatlar, yirik shaxslar, shuningdek, qadimiy qoʻlyozmalar xususida batafsil tushunchalarga ega boʻlishdi.

Shundan soʻng, NKMK ga qarashli kutubxonaga tashrif buyurilib, u yerdagi boy maʼnaviy meros, yirik allomalarning asarlari bilan tanishishdi. Mazkur tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad, xodimlarning aqliy salohiyatlarini yanada yuksaltirish hamda oʻtgan tarixiy davrdagi maʼlumotlarga ega boʻlishdan iborat.