Uzoq yillar davomida Ichki ishlar tizimida samarali mehnat qilib, jinoyatchilikka qarshi kurashish, obyekt va xonadonlarning ishonchli qoʻriqlovini taʼminlashda jonbozlik koʻrsatgan faxriylarni eʼzozlash va ularga ehtirom koʻrsatish eng oliy qadriyatlarimizdan sanaladi.

Shu maqsadda, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Navoiy viloyati Qoʻriqlash xizmati rahbariyati tomonidan tizimda uzoq yillar xizmat qilgan faxriylar xolidan xabar olindi.
Suhbat chogʻida xizmat davomida erishilgan yutuqlar, tizimni rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan islohotlar xususida soʻz bordi. Bu kabi tadbirlar keksa faxriylarni yanada sergʻayrat qilishga, yosh avlodga oʻrnak boʻlishimizga zamin yaratadi.