Yangiliklar

9 Aprel 2025

Xorazm viloyatidagi kuch tuzilmalari harbiy xizmatchilari va xodimlari oʻrtasida “Temur tuzuklari” bilimdoni nomli maʼnaviy-maʼrifiy koʻrik-tanlov oʻtkazildi

Yurtimiz tarixida oʻchmas iz qoldirgan buyuk sarkarda, donishmand davlat arbobi Amir Temur tavalludining 689-yilligi munosabati bilan Xorazm viloyatidagi kuch tuzilmalari harbiy xizmatchilari va xodimlari oʻrtasida “Temur tuzuklari” bilimdoni nomli maʼnaviy-maʼrifiy koʻrik-tanlov oʻtkazildi

Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati kengashi tomonidan tashkil etilgan ushbu tanlovda Qoʻriqlash boshqarmasi jamoasi yuksak faollik, chuqur bilim va yuqori intizom namoyon etib, 2 oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bu yutuq – nafaqat jamoaning saʼy-harakatlar samarasi, balki Amir Temur qoldirgan boy maʼnaviy merosga boʻlgan chuqur hurmat va sadoqatning ifodasidir.

Tanlovning asosiy maqsadi — Sohibqironning davlat boshqaruvi, adolatparvarlik va harbiy sanʼatga oid beqiyos merosini yanada keng targʻib etish, shu orqali xodimlarda vatanparvarlik ruhini yuksaltirishdan iboratdir.

Buyuk Temuriylar davlati asoschisi — Amir Temurning tuzuklari orqali davlat boshqaruvida adolat, vatanparvarlik, intizom va fidokorlik kabi abadiy qadriyatlar yosh avlod qalbiga singib borishi shubhasiz. Ana shunday tadbirlar orqali milliy gʻurur, tarixiy xotira va maʼnaviy boyliklarimizni yanada yuksaltirishga xizmat qilinayotgani quvonarlidir.