Kibersport musobaqasi boʻlib oʻtdi
Yurtimizda kibersportni xavfsiz rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha ekotizim yaratish, musobaqalar va turnirlarni tizimli ravishda oʻtkazish orqali iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash hamda ularni professional kibersportga yoʻnaltirish, axborot texnologiyalari va IT-industriya uchun salohiyatli kadrlarni tayyorlash va ularni sohaga jalb qilish ishlarini yanada kengaytirish maqsadida tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan. Ayni shu maqsadda, Navoiy viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati kengashi bilan hamkorlikda, yosh harbiy xizmatchi va xodimlar ishtirokida kibersportning Sountre Strike yoʻnalishi boʻyicha musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada jami 10 ta jamoa ishtirok etib, oʻzlarining mazkur sohadagi bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar. Yakuniy natijalarga koʻra Navoiy viloyati qoʻriqlash boshqarmasi jamoasi 2-oʻrinni egalladi. Gʻolib va sovrindorlar diplomlar hamda tashkilotchilarning qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.