Yangiliklar

3 Yanvar 2026

Mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirish maqsadida hududiy Qoʻriqlash xizmatlari rahbarlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda

Qoʻriqlash xizmatlari rahbarlari tomonidan mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yoʻnalishida hamkor tashkilotlar bilan ishlar tizimi yoʻlga qoʻyilgan.

Jumladan, tezkor harakatlanuvchi guruh va qoʻriqdagi obyektlarda xodimlar tomonidan turli xildagi jinoyat va huquqbuzarlik holatlari oldi olinmoqda. Xar bir mahallada profilaktika inspektorlari bilan birgalikda xavfsizlik va farovonlikni taʼminlash, mulkiy turdagi huquqbuzarliklarning oldini olish, koʻp qavatli binolarning kirish yoʻlagiga "tashvish" tugmalarini oʻrnatilib, jamoat tartibini saqlash boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek koʻngilochar maskanlar, restoran, kafe-bar, tungi klub va umumiy ovqatlanish shoxobchalariga "tashvish" tugmalarini oʻrnatish ishlari ham olib borilmoqda. Oʻtkazilayotgan targʻibot-tashviqot tadbirlari jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklari hamda aholi xonadonlarining xavfsizligi taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olish maqsadlarini qamrab olmoqda. Tadbirlar davomida hududdagi fuqarolarga va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarga Qoʻriqlash xizmatining afzalliklari, xizmat koʻrsatish turlari, sohada hozirgi kunda foydalanilayotgan zamonaviy texnologiyalar haqida maʼlumotlar berilmoqda.

Oʻtkazilgan targʻibot ishlari natijasida xonadon va tadbirkorlik obyektini Qoʻriqlash xizmatiga topshirish istagini bildirgan fuqarolar xonadonlarini qoʻriqlovga olish ishlari amalga oshirildi. Bu kabi tizimli ishlar hududlar boʻylab davom etmoqda.