Yangiliklar

13 Yanvar 2026

Surxondaryoda otaliqqa olingan yoshlar eʼtibor markazida

Surxondaryo viloyati Qoʻriqlash xizmati boshligʻi podpolkovnik A.Choriyev Denov tumani Doʻstlik, Fayzli va Yurchi mahallalarida istiqomat qiluvchi biriktirilgan otaliqqa olingan yoshlarning yashash sharoiti, oilaviy muhiti hamda ijtimoiy holatini bevosita uyiga borib oʻrgandi.

Oʻrganish jarayonida yoshlarning taʼlim olishi, bandligi, qiziqishlari va mavjud muammolariga alohida eʼtibor qaratildi. Suhbatlarda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga yoʻnaltirish va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi hamda masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilab olindi. Bu kabi oʻrganish ishlari yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning kelajagini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.