Yangiliklar

26 Dekabr 2025

Qoʻriqlash xizmati xodimlari uchun Yangi yil bayrami arafasida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi

Qoʻriqlash xizmati xodimlari uchun Yangi yil bayrami arafasida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi. Oʻtkazilgan yarmarkada soha vakillariga arzon narxda respublikamizda yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan meva-sabzavotlari, ichimliklar va har xil turdagi shirinliklar olib kelib sotildi. Mazkur yarmarkaga xodimlarning oila aʼzolari ham ishtirok etib, tadbirkorlar tomonidan olib kelingan arzon mahsulotlarni olib Yangi yil dasturxoni uchun xarid qildilar.

Savdo yarmarkasida oziq-ovqat mahsulotlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, goʻsht-sut mahsulotlari, shirinliklar hamda kundalik ehtiyoj uchun zarur tovarlar bozor narxlaridan ancha arzon narxlarda taklif etildi. Bu esa qoʻriqlash xodimlari oilalariga bayram dasturxonini toʻkin-sochin qilishda katta yordam boʻldi.

Tadbir ishtirokchilari yarmarka yuqori saviyada tashkil etilganini, mahsulotlar sifati va narxlari ularni qoniqtirganini taʼkidladilar. Bunday ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslar xodimlarning kayfiyatini koʻtarib, bayram shukuhini yanada oshirishga xizmat qilayotgani alohida eʼtirof etildi.