Yangiliklar

10 Dekabr 2025

Navoiy viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻining oʻrganish ishlari davom etmoqda

Xodimlarning xizmat faoliyatlarini nazorat qilish, ularning xizmat olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlarini yaxshilash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni shu maqsadda, Navoiy viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻi tomonidan shahar-tumanlarda qoʻriqlanib kelinayotgan obyektlarda xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat faoliyati tekshirildi.

Tekshiruv davomida xodimlarga fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlish, xizmat kiyimini belgilangan tartibda kiyish, obyekt xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, xizmat hujjatlarini oʻz vaqtida yuritib borish boʻyicha qoʻshimcha yoʻriqnoma berildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli masʼullarga topshiriqlar berilib, ijrosi yuzasidan qattiq nazorat oʻrnatilganligi taʼkidlandi.