Yangiliklar

8 Aprel 2025

"Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtmoqda

Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari xodimlari tomonidan IIB bilan hamkorlikda joylarda aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtdi.

Hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini ishonchli qoʻriqlashni taʼminlashda zamonaviy qoʻriqlash signalizatsiya uskunalaridan foydalanishni targʻib qilish maqsadida oʻtkazilgan profilaktik ishlar davomida fuqarolarga Qoʻriqlash xizmati afzalliklaridan foydalanish, sohaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va yaratilayotgan qulayliklar borasida tushunchalar berildi.

Bu kabi tadbirlar Qashqadaryo viloyatida ham oʻtkazildi. Jumladan, kuni kecha Qarshi shahri "Oydin" MFY aholi vakillariga Qashqadaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda Qoʻriqlash xizmati afzalliklari, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligi haqida tushuntirish targʻibot ishlari olib borildi.

Oʻz obyekti yoki xonadonini Qoʻriqlash xizmatiga topshirmoqchi boʻlgan fuqarolar oshlik toʻlovlar miqdori, texnik vositalarga xizmat koʻrsatish tartiblari haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi. Yakunda oʻz savdo doʻkonlarini qoʻriqqa topshirish istagini bildirgan tadbirkorlar belgilangan tartibda arizalar qabul qilindi. Bu kabi tadbirlar respublikamizning barcha hududlarida oʻtkazilmoqda.