Yangiliklar

25 Dekabr 2025

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash xizmati xodimlarining farzandlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqni muhofaza qilish sohasiga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida "Ota-onam bilan bir kunim" loyihasi doirasida madaniy va vatanparvarlik tadbiri oʻtkazildi.

Mazkur tadbirda bolajonlarga boshqarmada xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, Qoʻriqlash xizmati faoliyati bilan yaqindan tanishib, oʻzlariga koʻplab maʼlumotlar olishga muvofiq boʻldi. Shu bilan birga Qoʻriqlash xizmati tarixi va xizmat olib borayotgan xodimlarning qoʻlga kiritgan yutuqlari toʻgʻrisidagi muzey eksponatlari va kartinalari ham koʻrsatilib oʻtildi.

Oʻtkazilgan tadbir mobaynida xodimlarning farzandlariga kitob oʻqish, rasm solish, sport va psixologik trening mashgʻulotlari ham tashkil etilib, tibbiyot boʻlimi xodimlari tomonidan tibbiy maslahatlar berildi. Bu kabi tadbirlar bolalarning kelajakda buyuk insonlar boʻlib voyaga yetishida oʻzining ijobiy taʼsirini koʻrsatadi.