Yangiliklar

9 Yanvar 2026

Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ishlar

Qoʻriqlash departamenti va uning hududiy xizmatlar xodimlari tomonidan mahallalarda qator tizimli ishlar olib borilmoqda. Jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklari hamda aholi xonadonlarini xavfsizligi taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targʻibot-tashviqot ishlari oʻtkazildi.

Targʻibot va tashviqot ishlari jarayonida xizmat xodimlari fuqarolar va tadbirkorlarga Qoʻriqlash xizmatining afzalliklari, koʻrsatiladigan xizmatlarning toʻliq roʻyxati, shuningdek, qoʻriqlash sohasida qoʻllaniladigan zamonaviy texnologiyalar haqida maʼlumot beradi.

Oʻtkazilgan tadbirlar xavfsiz muhitni shakllantirish va aholining qoʻriqlash xizmati ishiga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.