Yangiliklar

15 Yanvar 2026

Namangan hamda Andijon viloyatlari Qoʻriqlash xizmatlar rahbariyatlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar hamda probatsiya hisobida turuvchi shaxslar bilan navbatdagi uchrashuvlar oʻtkazildi

Namangan, Andijon hamda Xorazm viloyatlari Qoʻriqlash xizmatlar rahbariyatlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar hamda probatsiya hisobida turuvchi shaxslar bilan navbatdagi uchrashuvlar oʻtkazildi. Uchrashuvlar davomida ochiq muloqot olib borilib, ularning kundalik hayoti, oʻqishi va mehnat faoliyatida uchrayotgan muammo va kamchiliklar atroflicha oʻrganildi. Shuningdek, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

"Mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda yoshlarning muammolarini bartaraf etish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, bandligini taʼminlash hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan fikr almashildi. Har bir murojaat boʻyicha aniq yechim va amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni sogʻlom va faol hayotga yoʻnaltirish, huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kelgusida ham mazkur yoʻnalishdagi ishlar izchil davom ettirilishi taʼkidlandi.