Xorazm viloyati Qoʻriqlash xizmati rahbariyati Qoʻriqlash tizimlarida uzoq yillar samarali xizmat qilgan, hozirda nafaqa gashtini surayotgan keksalar holidan xabar olishdi
Yangi yil bayrami munosabati bilan Xorazm viloyati Qoʻriqlash xizmati rahbariyati tomonidan soha tizimida uzoq yillar davomida sidqidildan, halol va fidokorona xizmat qilib, bugungi kunda nafaqada boʻlgan faxriylarning holidan xabar olindi.
Tashriflar chogʻida faxriylarning sogʻligi, kundalik turmush sharoitlari bilan qiziqilib, ularning xizmat davrida koʻrsatgan namunaviy mehnati va soha rivojiga qoʻshgan munosib hissalari alohida eʼtirof etildi. Rahbariyat tomonidan faxriylarga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy tabriklar yoʻllanib, mustahkam sogʻlik, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik va farovon hayot tilaklari bildirildi.
Mazkur tashriflar faxriylarga boʻlgan hurmat va eʼtiborning yana bir amaliy ifodasi boʻlib, kelgusida ham bunday ezgu anʼanalarni izchil davom ettirish rejalashtirilgani taʼkidlandi.