Huquq-tartibot idoralari xodimlar ishtirokida "Zakovat" intellektual oʻyini oʻtkazildi
9 aprel – buyuk Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatidagi Kuch tuzulmalari harbiy xizmatchilar va xodimlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.
Oʻyin Amir Temur tarixi, madaniyati va shaxsiyatiga oid savollarni oʻz ichiga olgan bir necha bosqichdan iborat boʻldi. Ishtirokchilar oʻz bilim va salohiyatini, shuningdek, jamoada ishlash qobiliyatini namoyish etdilar. "Zakovat" intellektual oʻyini korporativ ruhni mustahkamlashga va xodimlarning oʻz mamlakati tarixi va madaniyatiga boʻlgan qiziqishini oshirishga yordam berdi.
Oʻyin natijalariga koʻra:
1 oʻrinni viloyat Qoʻriqlash boshqarmasi;
2 oʻrinni Bojxona boshqarmasi;
3 oʻrinni esa Ichki ishlar boshqarmasi jamoasi qoʻlga kiritdi.
Gʻoliblarga Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari taqdim etildi.