Yangiliklar

4 Yanvar 2026

Fargʻona viloyati Qoʻriqlash xizmati xodimlari ishtirokida "Ruhiy zoʻriqishlardan xalos boʻlish va psixologik muvozanatni tiklash" mavzusida psixologik trening mashgʻuloti oʻtkazildi.

Fargʻona viloyati Qoʻriqlash xizmati xodimlari ishtirokida "Ruhiy zoʻriqishlardan xalos boʻlish va psixologik muvozanatni tiklash" mavzusida psixologik trening mashgʻuloti oʻtkazildi.

Trening davomida mutaxassislar tomonidan xizmat jarayonida uchraydigan stress holatlari, ruhiy zoʻriqishlarni bartaraf etish usullari, ichki muvozanatni saqlash hamda emotsional barqarorlikni taʼminlash boʻyicha amaliy mashqlar oʻtkazildi.

Mazkur mashgʻulot xodimlarning psixologik holatini yaxshilash, xizmat samaradorligini oshirish hamda jamoada sogʻlom psixologik muhitni shakllantirishga xizmat qildi.