Yangiliklar

7 Aprel 2025

Jamoat joylarida har qanday huquqbuzarliklarni oldini olish va rasmiylashtirish boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi

Jamoat joylarida har qanday huquqbuzarliklarni oldini olish va rasmiylashtirish boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi

Samarqand viloyat Qoʻriqlash boshqarmasida viloyat IIB JTSB masʼullari ishtirokida shahar va tuman Qoʻriqlash boʻlimlari shaxsiy tarkibi ishtirokida jamoat joylarida har qanday huquqbuzarliklarni oldini olish va rasmiylashtirish tartibi, qidiruvdagi shaxslar aniqlangan taqdirda hududiy IIBlarga topshirilish tartibi boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda soʻz olgan masʼullar, huquqbuzarliklarni oldini olishda profilaktik tadbirlar koʻproq samara berishi, shu bois hududlarda profilaktik tadbirlarni hamkorlikda tashkillashtirish lozimligi xususida alohida toʻxtaldi.