Qoʻriqdagi obyektlarda ishlayotgan ishchi xizmatchilar ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi
Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida qoʻriqlanayotgan obyektlardagi ishchi xizmatchilar bilan birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashish va maʼmuriy huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda korrupsiya va huquqbuzarliklarga qarshi samarali choralar koʻrish, shuningdek, obyektlarda ish jarayonlarini yanada shaffof va adolatli qilish boʻyicha fikrlar bildirildi.
Tadbirda ishtirokchilar korrupsiyani bartaraf etish uchun zarur choralarni koʻrish, shuningdek, maʼmuriy huquqbuzarliklarni kamaytirish boʻyicha fikr almashdilar. Davra suhbati davomida barcha xodimlar oʻz bilim va tajribalari bilan oʻrtoqlashib, kelajakda huquqbuzarliklarni oldini olish uchun muhim qarorlar qabul qilindi.