Xorazm viloyati Qoʻriqlash xizmati xodimlari Xiva shahrida joylashgan Ogaxiy nomidagi ijod maktabida boʻlib, oʻquvchi-yoshlar ishtirokida tashkil etilgan vatanparvarlik soatida qatnashdilar. Mazkur tadbir yosh avlodni ona-Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va fidoyilik ruhida tarbiyalashga qaratildi
Xorazm viloyati Qoʻriqlash xizmati xodimlari Xiva shahrida joylashgan Ogaxiy nomidagi ijod maktabida boʻlib, oʻquvchi-yoshlar ishtirokida tashkil etilgan vatanparvarlik soatida qatnashdilar. Mazkur tadbir yosh avlodni ona-Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va fidoyilik ruhida tarbiyalashga qaratildi.
Uchrashuv davomida xodimlar tomonidan bugungi kunda yoshlar oʻrtasida uchrayotgan turli salbiy holatlar, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga olib kelayotgan omillar haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari rivoji bilan bogʻliq holda keng tarqalayotgan kiberjinoyatlar, internet orqali sodir etilayotgan firibgarliklar hamda ulardan himoyalanish yoʻllari haqida muhim maʼlumotlar yetkazildi.
Tadbir savol-javob tarzida oʻtkazilib, yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar. Bunday maʼrifiy uchrashuv yoshlarning huquqiy ongini oshirish, ularni turli tahdidlardan himoya qilish hamda kelajakda jamiyatga foyda keltiradigan barkamol shaxs boʻlib kamol topishlarida muhim ahamiyat kasb etdi.