Yangiliklar

8 Yanvar 2026

Qoʻriqlash xizmati shaxsiy tarkibi uchun birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi

Namangan viloyati Qoʻriqlash xizmati mutaxassislari tomonidan shaxsiy tarkib uchun favqulodda holatlarda birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi.

Mazkur mashgʻulot davomida xodimlarga qon ketish hamda xushdan ketish holatlarida tezkor va toʻgʻri birinchi yordam koʻrsatish usullari nazariy va amaliy tartibda oʻrgatildi.

Tibbiyot xodimlari tomonidan favqulodda vaziyatlarda inson hayotini saqlab qolishda birinchi yordamning ahamiyati, shikastlanish turlari, qon ketishni toʻxtatish usullari, jabrlanuvchini toʻgʻri holatda joylashtirish hamda tez tibbiy yordam etib kelgunga qadar bajarilishi lozim boʻlgan amallar batafsil tushuntirib berildi.