Yangiliklar

17 Yanvar 2026

Jizzax viloyati Qoʻriqlash xizmati xodimlari oʻrtasida "Zakovat" intellektual oʻyini oʻtkazildi

Jizzax viloyati Qoʻriqlash xizmati xodimlari oʻrtasida "Zakovat" intellektual oʻyini oʻtkazildi.

Tashkilotchilar dastlab, ishtirokchilarni oʻyin shartlari bilan tanishtirdi. Shundan soʻng, 8 ta jamoa oʻzaro bellashuvga kirishishdi. Ishtirokchilar oʻyin davomida yuqori faollik, bilimga chanqoqlik va jipslashgan holda ishlash qobiliyatini namoyon etdi. Har bir jamoa savollarga tezkor va aniq javob qaytarishga harakat qilib, toʻplagan bilim va tafakkur mahoratlarini amalda namoyish etdi. Oʻyin jarayonining shaffof oʻtishiga alohida eʼtibor qaratilgan boʻlib, baholash jarayoni esa xolislik va adolat tamoyillariga asosan olib borildi.

Oʻyin yakunida toʻplangan ballar natijasiga koʻra, 3 oʻrinni "Legion", 2 oʻrinni "Gʻallaorol" va faxrli 1 oʻrinni "DELTA" jamoalari egalladi. Tadbir soʻngida gʻolib va ishtirokchi jamoalarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.