Oʻquv muassasalarida xavfsiz taʼlimni taʼminlash maqsadida Navoiy viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan Navoiy shahrida oʻrganish ishlari olib borildi
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tartibni saqlash, oʻquvchilar xavfsizligini taʼminlash bugunning eng dolzarb masalalaridan biri sanaladi.
Ayni shu maqsadda Navoiy viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan bugun Navoiy shahridagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining xavfsizlik masalasi qay darajada taʼminlanganlik holati koʻzdan kechirildi.
Tekshiruv davomida rahbariyat tomonidan maktab masʼullariga tashvish tugmalari, ulardan foydalanish tartibi, tezkor harakatlanuvchi guruhlar haqida yana bir bor eslatib oʻtildi.
Shu bilan bir qatorda masʼullarga begona va shubhali shaxslarni maktab hududiga kiritmaslik, yon-atrofda tartibsizlik boshlanganda darhol tashvish tugmalarini bosishi lozimligi boʻyicha ogohlantirildi.