Yangiliklar

26 Dekabr 2025

Hududlarda xodimlarning farzandlari uchun Yangi yil teatr tomoshalari va bayram tadbirlari tashkil etilmoqda

Ayni kunlarda yurtimizda Yangi yil shukuhi kezmoqda. Ayniqsa, bolajonlarning yuz-koʻzidan buni yaqqol koʻrish mumkin. Yangi yil bayram munosabati bilan Samarqand va Jizzax viloyatlari Qoʻriqlash xizmatlari tomonidan xodimlar, ularning oila aʼzolari va farzandlari uchun bayram dasturlari tashkil etildi.
Ushbu tadbirlar teatrlarda oʻtkazilgan boʻlib, aktyorlar tomonidan spektakl namoyishlari, bolajonlar uchun qiziqarli topishmoqlar, sheʼr va qoʻshiqlar kuylandi. Teatr tomoshalari yakunida esa xodimlarning farzandlari uchun Qoʻriqlash xizmatlari rahbariyatlarining Yangi yil sovgʻalari ulashildi.

Shu bilan birga, Navoiy viloyati Qoʻriqlash xizmati saflarida mehnat qilib, xizmat burchini ado etish chogʻida halok boʻlgan hamda bugungi kunda tizimda xizmat qilayotgan xodimlarning oila aʼzolari va farzandlari uchun viloyat bolalar teatrida “12 oy va Yangi yil sarguzashtlari” nomli spektakl tomoshasi eʼtiborga havola etildi. Tadbir davomida bolajonlarga rahbariyat hamda Qorbobo va qorqiz ishtirokida bayram sovgʻalari ulashildi. Mazkur tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad, bolajonlar qalbida yangi yil shukuhini yanada uygʻunlashtirish hamda bayramni munosib qarshi olishdan iborat boʻldi.